Kuzatuvchi » Siyosiy » SUKUT SAQLASH HUQUQI

SUKUT SAQLASH HUQUQI

Konstitutsiyada jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi belgilangan. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o’zining jinoyatda aybliligi yoki aybsizligini isbotlash jarayonida ishtirok etishga majbur emas. Agar istasa, shaxs ushlangan vaqtidan to hukm chiqarulgunga qadar umuman sukut saqlashi mumkin- bu uning huquqi.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.  

 

Boshqa maqolalar

КОРРУПЦИЯ ҲАҚИДА ХАБАР БЕРГАН ШАХСЛАРНИ ҚАНДАЙ ҲИМОЯ

personmaftuna 28-05-24, 02:35
0 КОРРУПЦИЯ ҲАҚИДА ХАБАР БЕРГАН ШАХСЛАРНИ ҚАНДАЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШАДИ

“Коррупцияга оид ҳуқуқбузарлик ҳақида хабар берган шахсларни ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси эълон қилинди....

KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR

personmaftuna 10-12-24, 09:36
0 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR IMTIYOZGA EGA BO‘LDI

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod...

TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI

personmaftuna 15-02-25, 01:25
0 TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI MAHSULOTLARNI FUMIGATSIYA QILISHLARI MUMKIN

Prezident tomonidan 20.01.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va...

menu
menu