Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLA TUGʻILGANDA QANDAY HOLATLARDA BIR MARTALIK NAFAQA TOʻLANADI?

BOLA TUGʻILGANDA QANDAY HOLATLARDA BIR MARTALIK NAFAQA TOʻLANADI?

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.03.2024 y. 110-sonli Qarorida byudjetdan tashqari tashkilotlar toʻlashi kerak boʻlgan bola 2 yoshga toʻlguncha uni parvarish qilish boʻyicha nafaqa (savoldan kelib chiqib) haqida emas, balki davlat tomonidan bola tugʻilganda toʻlanadigan  bir martalik nafaqa – «suyunchi puli» haqida boradi.

Vazirlar Mahkamasining 04.03.2024 yildagi 110-sonli Qaroriga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab bola tugʻilganda davlat tomonidan toʻlanadigan bir martalik nafaqa:

birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;

ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

Bola 2 yoshgacha toʻlguncha uni parvarish qilish boʻyicha nafaqa bekor qilinmadi (!) va byudjetdan tashqari tashkilotlarning ish beruvchilaridan

2 yoshgacha boʻlgan bola parvarishlash  ta’tilida boʻlgan хodimalarga uni toʻlash majburiyatidan ozod qilinmaydi. Nafaqani toʻlash tartibi ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan (14.03.2002 y. AV roʻyхat raqami 1113-son).

Byudjet tashkilotlarida ishlaydiganlar, agar oila kam ta’minlangan deb tan olingan boʻlsa, ushbu bolalar nafaqasini olish huquqiga ega (11.08.2021 y. PF-6277-son, 1-b.).

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

FUQAROLARNI ХORIJGA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH

personmaftuna 15-05-25, 11:31
0 FUQAROLARNI ХORIJGA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YUBORISH TARTIBI TASDIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 22.04.2025-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda tashkillashtirilgan tartibda...

PREZIDENT HUZURIDA IQLIM KENGASHI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 17-08-24, 02:25
0 PREZIDENT HUZURIDA IQLIM KENGASHI TASHKIL ETILADI

Prezidentning 23.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish...

FUQAROLARNING SHAXSIY JAMG‘ARIB BORILADIGAN MAJBURIY

personmaftuna 11-12-24, 02:15
0 FUQAROLARNING SHAXSIY JAMG‘ARIB BORILADIGAN MAJBURIY PENSIYA BADALLARINI HISOBLASHNING YANGI TARTIBI TASDIQLANDI

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Markaziy bankning joriy yil 23-noyabrda “Ish beruvchilar...

menu
menu