Kuzatuvchi » Siyosiy » QISQA MUDDATLI GURUHLAR TO‘G‘RISIDA

QISQA MUDDATLI GURUHLAR TO‘G‘RISIDA

Ta’limning boshlang‘ich asosi bo‘lgan maktabgacha ta’lim inson kamolotida beqiyos ahamiyatga ega va  davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga asosan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan. 

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Bunda, qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi va qisqa muddatli guruhlar bolalarning maktabgacha ta’limga to‘liq jalb etilishini va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat. 

Shuningdek, qarorga muvofiq,  qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash; bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash; bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish; bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlashi belgilangan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 


 

 

Boshqa maqolalar

“AYOLLAR DAFTARI” RO‘YXATIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARNING

personmaftuna 29-09-24, 13:17
0 “AYOLLAR DAFTARI” RO‘YXATIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARNING BANDLIGINI TA’MINLASH

Xotin-qizlarning bandligiga sektorlar rahbarlari tuman investitsiya bo‘limlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni...

YOSHLAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI?

personmaftuna 19-05-25, 01:57
0 YOSHLAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI?

Prezident tomonidan 26.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida...

PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY

personmaftuna 20-02-25, 11:00
0 PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi х odimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish...

menu
menu