“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA MODDIY YORDAM KO‘RSATISH
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida «Ayollar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam beriladi.
Bir martalik moddiy yordam «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan ham berilishi mumkin.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
Sektor rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor yolg‘iz onalarga qo‘shimcha moddiy yordam berish choralarini ko‘rib boradi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ИНСОФСИЗ ИЖРОЧИЛАР РЕЕСТРИ ШАКЛЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 30-01-25, 11:40“Инсофсиз ижрочиларнинг ягона реестрини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан...
ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TAYINLANADI?
personmaftuna 21-02-24, 01:56Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Ishsizlik nafaqasini...
HIMOYA ORDERINI QANDAY OLISH MUMKIN? MUHIM 8 QOIDA
personmaftuna 29-06-24, 06:42Qonunchilikka koʻra, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi beriladi. Orderni olish tartibi...