Kuzatuvchi.uz / SUKUT SAQLASH HUQUQI

SUKUT SAQLASH HUQUQI

Konstitutsiyada jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi belgilangan. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o’zining jinoyatda aybliligi yoki aybsizligini isbotlash jarayonida ishtirok etishga majbur emas. Agar istasa, shaxs ushlangan vaqtidan to hukm chiqarulgunga qadar umuman sukut saqlashi mumkin- bu uning huquqi.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.  

 

20-03-2024, 07:04
Saytga qaytish