Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLA PULI OLISH TARTIBI QANDAY ?

BOLA PULI OLISH TARTIBI QANDAY ?

1) Ushbu nafaqa bola tug'ilgandan to 18 yoshga to'lgunicha ka'm ta'minlangan oilalarga to'lanadi. Qonuniy nikoh bo'lishini ahamiyati yo'q. Ota ham ona ham 18 yoshdan oshgan bo'lsa bo'ldi

2) Ariza MFY yoki yagona darchaga borgan holda yoki my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/1017) sayti orqali online beriladi. Bir oyda bir marta ariza berish mumkin. Arizani oyni 16-sanasigacha berish lozim. Shunda keyingi oydan to'lanadi. 

3) Agar oilani umumiy daromadi* kishi boshiga 648 000dan oshsa, bittadan ko'p uy-joy, yer bo'lsa, 1 dona noturar joy bo'lsa, ishlab chiqarilganiga 12 yildan (I, II guruh nogiron shaxslar uchun 7) oshmagan yengil mashina, 15 yildan oshmagan yuk mashinasi bo'lsa, bankda 5 775 000dan ko'p mablag' bo'lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yoki pensioneri bo'lsa, ishsizlik nafaqasi olayotganlar bo'lsa, rasmiy daromadi aniq bo'lmasa, ya'ni ishga kirmagan, o'zini o'zi band qilmagan yoki ishsiz sifatida ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, bola puli to'lash rad etiladi

Ammo, yuqoridagi rad qiluvchi holatlar 3 yoshgacha bolasi bor onaga, talabaga (kunduzgi), ishlamaydigan pensionerlarga, pensiyaga chiqish uchun staji yo'qlarga, i guruh nogironi yoki 80 yoshdan oshgan insonga qarayotganlarga, chet elda ishlayotganlarga, jazoni o'tayotganlarga, yolg'iz ona, temir daftardagilarga, ishsiz bo'lib ro'yxatdan o'tgan, o'zini o'zi band qilganlarga taalluqli emas. 

Ya'ni tepadagi rad qiladigan holatlar, misol, daromad oshib ketsa ham bu shaxslarga bola puli tayinlanishi shart. 

Misol uchun, Ahmadjon talaba va Nexia mashinasi bor, U bola puli uchun ariza berdi. Bu holatda garchi mashinasi bo'lsa ham bola puli tayinlanishi kerak, chunki kunduzigi ta'limda o'qiyotgan talabaga rad qiluvchi sabablar tegishli emas.

*Oilani bir oylik daromadi qanday hisoblanadi?

Daromad sifatida er-xotin va bolalarini daromadi hisoblanadi. Ariza berilgan oydan avvalgi 3 oygacha bo'lgan barcha oila a'zolarini daromadi oila a'zolari soniga va 3ga bo'linadi. Shu chiqqan son 648 000dan oshmasligi kerak. 

Misol uchun, 5 kishilik oila dekabrda ariza berdi. Bunda oilani avgust-oktyabr oylari uchun jami daromadi: 5 000 000. Hisob-kitob: 5 000 000/ 5 kishi/3=333 333. Demak, bola puli chiqadi, ya'ni summa 648 000da kam. 

▪O'zini o'zi band qilgan yoki rasmiy daromadsiz chet elda ishlayotganlar uchun 2 310 000 bir oylik sifatida hisob-kitob qilinadi.

Har oyda qayta o'rganish bo'ladi. Yagona areyestr AT va joyga chiqan holda yuqoridagi daromadlar o'rganiladi. Rad qiluvchi holatlar bo'lsa, bola puli to'xtatiladi. 

 Bola pulini har oylik miqdori:

 

250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun;

325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;

100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

Bola puli pul yoki plastik karta ko'rinishida har oyni 4-sanasidan 27-sanasiga qadar to'lanadi.

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan "Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

Boshqa maqolalar

TOVARLARNING HUDUDIY PRINSIP BOʻYICHA ERKIN

personmaftuna 20-09-24, 07:03
0 TOVARLARNING HUDUDIY PRINSIP BOʻYICHA ERKIN HARAKATLANISHINI CHEKLASH BEKOR QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 11-12-24, 23:52
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЯНГИ

personmaftuna 19-05-24, 01:20
0 ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЯНГИ БОСҚИЧГА ОЛИБ ЧИҚИЛАДИ

“Тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатини ривожлантиришни янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...

menu
menu