Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI

Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

Аgar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MAJBURIY NIKOH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

personmaftuna 17-12-24, 10:57
0 MAJBURIY NIKOH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

Nikoh tuzish uchun quydagi uchta shart bajarilgan bo‘lishi kerak. Bular, bo‘lajak er-xotinning roziligi, har ikkala...

ISH BERUVCHI BIR TOMONLAMA TARTIBDA TA’TILNI QISMLARGA

personmaftuna 28-06-24, 08:29
0 ISH BERUVCHI BIR TOMONLAMA TARTIBDA TA’TILNI QISMLARGA BOʻLISHGA HAQLIMI?

Xodim bir vaqtning oʻzida har yilgi umumiy davomiylikdagi ta’til olishga yoki ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra (!)...

XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA HAM HOMILADORLIK NAFAQASI

personmaftuna 13-12-24, 10:15
0 XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA HAM HOMILADORLIK NAFAQASI TOʻLAB BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik...

menu
menu