HAQORAT QILISH VA SO‘KINISH: NIMA FARQI BOR?
Haqorat uchun ham, jamoat joyida uyatli so‘zlarni ishlatganlik uchun ham qonunchilikda javobgarlik bor. Haqorat nima, so‘kinish nima? Bular uchun javobgarlik qanday? Internet tarmoqlarida, masalan, izohlarda so‘kinib yozganlarga ham jazo bormi? Hudud24.uz ushbu mavzuda muhim maʼlumotlarni beradi.
1. Haqorat qilish nima?
Haqorat qilish bu shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish hisoblanadi. Yaʼni, masalan, kimdir boshqa birovning shaxsini kamsitsa, uni uyatli so‘zlar bilan so‘ksa, shaʼnini “yer”ga ursa bu haqorat qilish deb topiladi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
2. Jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish nima?
Ayrim hollarda so‘kish haqorat deb topilishi mumkin. Ammo aynan kimnidir emas, g‘azab, stress holatida yoki umuman boshqacha vaziyatda hech kimga qaratmasdan uyatli so‘zlarni ishlatishi mumkin. Agar ushbu harakat jamoat joylarida, yaʼni odamlar to‘planadigan yoki harakatlanadigan joylarda sodir etilsa bu jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish deb topilishi mumkin va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
3. Haqorat va so‘kinishning farqi nimada?
Haqorat qilishda aynan bitta yoki bir nechta shaxsga qaratilib, shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish holati mavjud bo‘ladi. Yaʼni bunda kimningdir shaʼni va qadr-qimmati qasddan kamsitiladi. Jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish bo‘lsa aynan bitta shaxsga qaratilmaydi.
4.Ushbu huquqbuzarliklar uchun javobgarlik qanday?
Haqorat qilganlik uchun BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 8 ming so‘mdan 13 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima jazosi belgilangan. Ammo ushbu harakat uchun jinoiy javobgarlik ham mavjud bo‘lib, haqorat qilgan shaxs BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) miqdoridan tortib 1 yilgacha ozodlikni cheklashgacha jazo bilan jazolanishi mumkin.
Qonunchilikda jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish mayda bezorilik deb topiladi. Mayda bezorilik uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Mayda bezorilik uchun jinoiy javobgarlik mavjud emas.
5. Internetda so‘kinganlar uchun jazo bormi?
Albatta, bor. Agar internet tarmog‘i orqali sizning hech kim o‘qish imkoniga ega bo‘lmaydigan, faqatgina siz o‘qishingiz mumkin bo‘lgan “chat”lardan uyatli so‘zlar bilan so‘kinishlar bo‘lsa yoki shaxsingizni kamsituvchi so‘zlar ishlatilib haqorat qilishsa bu haqorat qilish deb topilishi mumkin. Agar barcha o‘qish imkoni mavjud bo‘lgan joylarda huddi shunday harakatlar sodir etilsa, bu mayda bezorilik deb topilishi mumkin.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ТАДБИРКОРЛИГИ УЧУН – 100 МЛН АҚШ ДОЛЛАРИ
personmaftuna 25-04-24, 02:36Президент томонидан 07.03.2024 йилдаги ПҚ-122-сонли “Хотин-қизларнинг тадбиркорлигини йўлга қўйиш ва ривожлантиришни...
“YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
personmaftuna 29-06-24, 07:06“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji...
AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS
personmaftuna 05-08-24, 20:34Favqulodda vaziyatlar vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy х avfsizlik...