Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB QOLINADIMI?

XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB QOLINADIMI?

Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda esa ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ish haqidan ushlab qolinishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismida kommunal to‘lovlar (elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv) uchun ish haqidan xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda ushlab qolinmaydi. 

Quyidagi hollarda, xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi:

1) soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun.

2) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun.

3) ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish uchun, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar oqibatida ortiqcha to‘langan summalarni qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi bo‘nakni qaytarish, qarzdorlikni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yoki to‘lov noto‘g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ushlab qolish haqida buyruq chiqarishga haqli. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki xodim bo‘nakni to‘lash uchun ushlab qolish asoslariga yoxud miqdoriga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, qarzni to‘lash sud tartibida amalga oshiriladi.

4) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinmaydigan to‘lovlardan ushlab qolishlar amalga oshirilishi mumkin emas.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

IJOD ERKINLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 22-03-25, 11:39
0 IJOD ERKINLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Kreativ iqtisodiyot ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligiga asoslanadi. Barcha shaxslar kreativ industriya...

ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИДАН НОҚОНУНИЙ ФОЙДАЛАНИШ ҲОЛАТЛАРИГА

personmaftuna 19-03-25, 02:08
0 ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИДАН НОҚОНУНИЙ ФОЙДАЛАНИШ ҲОЛАТЛАРИГА ҚАРШИ КУРАШИШ СОҲАСИДА САМАРАЛИ ДАВЛАТ НАЗОРАТИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

“Энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларига қарши курашиш соҳаси такомиллаштирилиши муносабати билан...

IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI

personmaftuna 13-12-24, 10:16
0 IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida...

menu
menu