INTIZOMIY JAZOSI BOR XODIMGA BAYRAM UCHUN MUKOFOT BERSA BO‘LADIMI?
Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
Bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi.
❗Hurmatli ish beruvchilar xodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo‘lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko‘ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o‘tamiz.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SUDDA QATNASHAYOTGAN TARAFLARDAN BIRI OLDI-SOTDI
personmaftuna 28-06-24, 01:05O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 40-moddasiga ko'ra: Ishda ishtirok etuvchi shaxslar...
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI
personmaftuna 21-03-24, 18:49Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...
SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH
personmaftuna 01-05-24, 13:48Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻy х at raqami 3472 , 31.10.2023 y.) bilan Sha х slarni...