Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDDA QATNASHAYOTGAN TARAFLARDAN BIRI OLDI-SOTDI SHARTNOMASINI DALIL SIFATIDA TAQDIM ETISHDA QIYINCHILIKLARGA DUCH KELSA SUDDAN USHBU DALILNI CHAQIRTIRISHINI SO‘RASHI MUMKINMI?

SUDDA QATNASHAYOTGAN TARAFLARDAN BIRI OLDI-SOTDI SHARTNOMASINI DALIL SIFATIDA TAQDIM ETISHDA QIYINCHILIKLARGA DUCH KELSA SUDDAN USHBU DALILNI CHAQIRTIRISHINI SO‘RASHI MUMKINMI?

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 40-moddasiga ko'ra: 

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomalar taqdim etish huquqiga egadir.

72-moddasiga ko'ra: 

Agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, ularga sud dalillar to‘plashda ularning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘maklashadi. 

85-moddasiga ko'ra: 

Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini ko‘rsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini ko‘rsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini ko‘rsatishi shart. 

Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi. 

Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so‘rov ham berishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
“Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” Qarori
 14-bandiga ko'ra:

Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, dalillarni taqdim etish taraflarga yuklatilganligi tufayli, dalillarni taqdim etish ular uchun qiyinchilik tug‘dirgan hollarda, sud ularning iltimosiga ko‘ra, dalillar to‘plashda ko‘maklashishi lozim. 

Demak, agar taraflardan biri uchun dalilni keltirish qiyinchilik tug'dirsa, u iltimosnoma orqali sudga murojaat etishga haqli. Sud bu holatda iltimosnoma kiritgan shaxsga dalillar to‘plashda ko‘maklashishi lozim ekanligi normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilab qo'yilgan.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

DAVLAT TOMONIDAN QAYD ETILISHI LOZIM BO‘LGAN FUQAROLIK

personmaftuna 21-02-24, 03:33
0 DAVLAT TOMONIDAN QAYD ETILISHI LOZIM BO‘LGAN FUQAROLIK HOLATI HUJJATLARI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga asosan, quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat...

“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN TADBIRKOR”

personmaftuna 20-09-24, 07:06
0 “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN TADBIRKOR” UNVONI TA’SIS ETILDI

2024-yil 30-avgustdagi OʻRQ-952-son Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida х izmat koʻrsatgan tadbirkor” fa х riy...

SIFATI, ASSORTIMENTI VA NAVI LOZIM DARAJADA BO‘LMAGAN

personmaftuna 07-02-25, 12:54
0 SIFATI, ASSORTIMENTI VA NAVI LOZIM DARAJADA BO‘LMAGAN TOVARLARNI (ISHLARNI, XIZMATLARNI) YETKAZIB BERGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi bo‘yicha...

menu
menu