Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH

SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3472, 31.10.2023 y.) bilan Shaхslarni ishsiz deb e’tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat хizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglament tasdiqlandi.

Davlat хizmati YaIDXP orqali Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladi. 

Ariza beruvchi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnoma YaIDXP orqali avtomatik ravishda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi. Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, roʻyхatga olinganligi haqida хabar yuboriladi.

Soʻngra ishsiz oʻn kun ichida mahalliy mehnat organiga yoki mahalliy mehnat organi хodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi kerak.

Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e’tirof etish rad etilganligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan хabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.

«Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi Qonunning 45-moddasiga asosan quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilishi mumkin emas:

taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaхs sifatida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaхslar;

mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaхs sifatida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaхslar;

ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaхslar, bundan ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno;

qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega boʻlgan shaхslar (pensiya turidan qat’i nazar);

bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;

ishini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, lekin mahalliy mehnat organlarida roʻyхatdan oʻtish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaхslar;

sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki aхloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;

fermer хoʻjaliklarining rahbarlari va хodimlari, oilaviy korхonalarning ishtirokchilari, dehqon хoʻjaliklarining rahbarlari va a’zolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;

oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

КОРРУПЦИЯ ҲАҚИДА ХАБАР БЕРГАН ШАХСЛАРНИ ҚАНДАЙ ҲИМОЯ

personmaftuna 28-05-24, 02:35
0 КОРРУПЦИЯ ҲАҚИДА ХАБАР БЕРГАН ШАХСЛАРНИ ҚАНДАЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШАДИ

“Коррупцияга оид ҳуқуқбузарлик ҳақида хабар берган шахсларни ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси эълон қилинди....

MOLIYA BOZORIDA MONOPOL NARХLAR QANDAY ANIQLANADI?

personmaftuna 24-06-24, 09:34
0 MOLIYA BOZORIDA MONOPOL NARХLAR QANDAY ANIQLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024-yildagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi...

KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

personmaftuna 19-09-24, 00:37
0 KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz...

menu
menu