Kuzatuvchi » Siyosiy » ENDI HOKIMLAR XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BOSHCHILIK QILOLMAYDI

ENDI HOKIMLAR XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BOSHCHILIK QILOLMAYDI

17.10.2024-yil kungi O‘RQ-976-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi va mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan qonunchilikka hokimlarning hamda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunidan viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda. Hokimlarga tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat bo‘lganda Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlarini bekor qilish uchun Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi qator yangi vakolatlar berilmoqda. Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi xam nazarda tutilmoqda.


I.RAXIMBERGANOV

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

XORIJDAGI SHAXS ALIMENT MASALASIDA SUDGA CHAQIRILGANDA,

personmaftuna 30-09-24, 12:02
0 XORIJDAGI SHAXS ALIMENT MASALASIDA SUDGA CHAQIRILGANDA, UNING O‘RNIDAN BIROR TANISHI QATNASHISHI MUMKINMI?

Sudda o‘zingiz qatnasha olmasangiz, unda o‘zingiz yashab turgan davlatning vakolatli organidan (notariusdan) sudda...

QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN

personmaftuna 21-03-25, 16:14
0 QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va...

ХАЛҚАРО РЕЙТИНГ ВА ИНДЕКСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИДА ПАРЛАМЕНТ

personmaftuna 29-07-24, 23:51
0 ХАЛҚАРО РЕЙТИНГ ВА ИНДЕКСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИДА ПАРЛАМЕНТ НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ

“Халқаро рейтинг ва индекслар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш ҳамда ушбу соҳада парламент назоратини кучайтириш...

menu
menu