XORIJDAGI SHAXS ALIMENT MASALASIDA SUDGA CHAQIRILGANDA, UNING O‘RNIDAN BIROR TANISHI QATNASHISHI MUMKINMI?
Sudda o‘zingiz qatnasha olmasangiz, unda o‘zingiz yashab turgan davlatning vakolatli organidan (notariusdan) sudda sizning nomingizdan qatnashish uchun O‘zbekistondagi biror tanishingizga ishonchnoma yuborishingiz mumkin.
✅ Shunda o‘sha shaxs sizning nomingizdan sudda qatnishishga haqli.
Shuni ham aytish kerakki, siz kelmasangiz ham sud ishni ko‘rishi mumkin.
Fuqarolik prosessual kodeksining 280-moddasiga asosan sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida so‘ramagan taqdirda, agar da’vogar bunga e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Bunda ishni bunday tartibda ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТИЗИМИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 25-08-25, 02:50“Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш тизимини молиялаштириш тартиб-таомилларини такомиллаштириш тўғрисида”ги Президент Фармони...
SUDLANGANLIKNI OLIB TASHLASH UCHUN MUROJAAT QILISH MUMKINMI?
personmaftuna 01-05-24, 13:49Sudlanganlik holati tugallanishi – shaxsning tegishli jazoni oʻtab boʻlganidan keyin va belgilangan muddatlar...
YER MUNOSABATLARI SOHASIDA ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA
personmaftuna 12-10-24, 20:48Joriy yil 6-sentyabrda Prezidentimizning “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining...