Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDYA O‘Z TASHABBUSI BILAN MUROJAAT QILISH MUDDATI UZRSIZ SABABLARGA KO‘RA O‘TKAZIB YUBORILGANLIGINI ANIQLAB DA'VONI RAD QILISHGA HAQLI EMAS

SUDYA O‘Z TASHABBUSI BILAN MUROJAAT QILISH MUDDATI UZRSIZ SABABLARGA KO‘RA O‘TKAZIB YUBORILGANLIGINI ANIQLAB DA'VONI RAD QILISHGA HAQLI EMAS

Ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha da'vo ariza xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e'tiboran uch oy muddatda beriladi (MKning 560-moddasi). MKning 560-moddasida belgilangan muddat kasaba uyushmasi qo‘mitasi, davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari, adliya organlari va prokuror xodimning manfaatini ko‘zlab, taqdim qilgan da'volarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 10-moddasiga ko‘ra, fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshirilishi tufayli, da'vogarning sudga murojaat qilish muddatini o‘tkazib yuborganligi masalasi sud tomonidan bu haqda nizodagi taraf arz qilgandagina muhokama qilinishi mumkin (FK 153-moddasining ikkinchi qismi).

Bunda sudlarning e'tibori mazkur muddatni qo‘llash haqidagi ariza yozma berilishi yoki og‘zaki ravishda arz qilinishi mumkinligi, arizaning og‘zaki bildirilganligi sud majlisida muhokama qilinishi va bu haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi lozimligiga qaratilsin. Sud o‘z tashabbusiga ko‘ra sudga murojaat qilish muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligi asosi bilan da'voni rad qilishga haqli emas.

A.SHARIPBOYEV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ENERGETIKA VAZIRLIGI ELEKTR VA GAZ BOʻYICHA LIMITLARNI

personmaftuna 19-05-25, 23:33
0 ENERGETIKA VAZIRLIGI ELEKTR VA GAZ BOʻYICHA LIMITLARNI QAYTA KOʻRIB CHIQISH HUQUQIGA EGA

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarini qoʻllab-quvvatlash...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:50
0 БИЛАСИЗМИ?

“Мамлакатимизда рақамлаштириш соҳасидаги хизматлар экспортини ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...

. OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI UCHUN

personmaftuna 19-05-24, 19:28
0 . OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI UCHUN KRETIDLAR HAQIDA

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jalb qilingan har bir kasanachi uchun 2 million so'mgacha,...

menu
menu