O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu hujjat davlat boshqaruvining asosiy printsiplarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek, ularning majburiyatlarini belgilaydi.
Konstitutsiya davlatning barcha qonunlari va qarorlariga asos bo‘lib xizmat qiladi, shu sababdan uni "bosh qomus" deb atashadi. 8-dekabr har yili mamlakatimizda "Konstitutsiya kuni" sifatida keng nishonlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquq va majburiyatlari aniq belgilangan. Ular jamiyatda huquqiy tartibni saqlash, fuqarolarning erkinliklarini kafolatlash hamda davlat va jamiyat manfaatlarini muvozanatda saqlashga qaratilgan. Quyida asosiy huquq va majburiyatlar keltirilgan:
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.
Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI
personmaftuna 11-12-24, 02:17O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni...
РЕСПУБЛИКА “КЕЛАЖАК” МАРКАЗИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 26-09-25, 19:07“Мактабдан ташқари таълим тизимини янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–277-сон,...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ
personmaftuna 01-09-25, 01:14“Қишлоқ хўжалиги майдонларидаги қўшимча имкониятлардан фойдаланган ҳолда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришга доир...
