“VATANDOSH” GUVOHNOMASI
20.11.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezident PQ-397-son Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
"Vatandosh" guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag'batlantirish shakli bo'lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do'stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo‘yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko'rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.
"Vatandosh" kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat.
Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:
O‘zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish, mamlakat hududida ko'chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko'chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi, xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
Karta egalarining oila a'zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi: amaldagi viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik viza olish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish, vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISSIQLIK TA’MINOTI UCHUN HAQ TO‘LASH: MUHIM 6 SAVOLGA JAVOB
personmaftuna 16-12-24, 11:42Iste’molchi tariflar oshganda issiqlik ta’minoti xizmatlariga avans bilan to‘langan to‘lovlarga (to‘lov kunidan boshlab...
PENSIYALARNING TAYANCH MIQDORLARI
personmaftuna 13-04-24, 02:13Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida qonuni bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:...
BILIB OLING
personmaftuna 30-09-24, 07:12“Xokkey sport turini rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-334-son,...