Kuzatuvchi » Siyosiy » “TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KOMPANIYASI” AJGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI

“TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KOMPANIYASI” AJGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI

“Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qaroriga ko'ra, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag'lari bilan ta'minlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablag'larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi. 2024-yil 1-noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo'yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o'rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.  “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagi vazifalar yuklatildi: qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo'yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash; respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag'larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha tavakkalchiliklarni o'zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo'naltirish; mikrokredit beruvchilar tomonidan o'z mablag'lari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha portfel kafilliklar taqdim etish. “Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan o'tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shib yuboriladi.

D.AZAMATOVA, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI

personmaftuna 26-03-24, 02:17
0 SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI

Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari...

ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TAYINLANADI?

personmaftuna 21-02-24, 01:56
0 ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TAYINLANADI?

Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Ishsizlik nafaqasini...

JAMOAT JOYIDA QILISH TAQIQLANGAN 7 TA ASOSIY HARAKAT HAQIDA

personmaftuna 11-12-24, 02:04
0 JAMOAT JOYIDA QILISH TAQIQLANGAN 7 TA ASOSIY HARAKAT HAQIDA BATAFSIL

Shunday harakatlar borki, bizga arzimas va odatiy tuyulsa ham ularni ko‘chada (yoki ijtimoiy obyektlarda) qilish...

menu
menu