Kuzatuvchi » Siyosiy » MALAKA OSHIRISH

MALAKA OSHIRISH

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan  “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq pedagog xodimlar har yili malakasini oshirshi lozim. 

Nizomning 63-bandiga asosan, Xodimlarning malakasini oshirish xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi deb belgilangan. Shunga ko‘ra maktabda kimlar malaka oshirishini maktab raxbariyati hal qiladi.  

Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi.

Xodimlar malakasini oshirishning har yilgi umumiy davomiyligi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari uchun kamida 30 soat, pedagog xodimlar uchun kamida 36 soat etib belgilanadi.

Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi.

Xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalariga nisbatan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa daromadining 1 ta bola uchun - 1/4 qismi, 2 ta bola uchun - 1/3qismi, 3 ta va undan ortiq bolalar uchun - 1/2   qismi miqdorida undirilishi belgilangan.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Endi aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI

personmaftuna 27-01-24, 17:36
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand...

“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 27-03-24, 11:40
0 “YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

"Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son,...

MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA ADLIYA ORGANLARI VA

personmaftuna 14-06-24, 16:12
0 MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI YANADA OSHIRISH HAMDA IXCHAM BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...

menu
menu