MAHSULOTLARNING YAGONA ELEKTRON MILLIY KATALOGINI YURITISH TARTIBI BELGILANDI
“Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi 28.04.2025-yildagi 263-sonli nizom bilan Hukumat qarori tasdiqlandi.
Nizom mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish va undan foydalanish, shuningdek, soliq imtiyozlariga mahsulotlarning (tovarlarning va xizmatlarning) identifikatsiya kodlarini biriktirish tartibini belgilaydi.
Ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar milliy katalog ob’ekti hisoblanadi.
Milliy katalog quyidagi holatlarda va maqsadlarda ishlatiladi:
elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda;
onlayn-NKT cheklarida;
bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda (bojxona chegarasidan birinchi marta olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno);
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Milliy katalogdan Internet jahon axborot tarmog‘idagi “tasnif.soliq.uz” rasmiy veb-sayti orqali foydalaniladi.
Mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) uchun soliq imtiyozlari soliq organlari tomonidan ushbu imtiyozlar nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlariga biriktiriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SUDLANGANLIKNI OLIB TASHLASH UCHUN MUROJAAT QILISH MUMKINMI?
personmaftuna 01-05-24, 13:49Sudlanganlik holati tugallanishi – shaxsning tegishli jazoni oʻtab boʻlganidan keyin va belgilangan muddatlar...
КЕЧКИ ЁКИ СИРТҚИ ТАЪЛИМ ШАКЛИ БЎЙИЧА ТАЪЛИМ ОЛАЁТГАН
personmaftuna 26-01-24, 06:16Олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълими ташкилотларида кечки ёки сиртқи таълим шакли бўйича ўқиётган ходимларга...
SERVITUT HUQUQI
personmaftuna 28-03-24, 01:58O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 73-moddasiga ko`ra, ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa...