Kuzatuvchi » Siyosiy » “WORK AND TRAVEL” DASTURLARIDA ISHTIROK ETUVCHI TALABALAR UCHUN SSUDA AJRATILADI

“WORK AND TRAVEL” DASTURLARIDA ISHTIROK ETUVCHI TALABALAR UCHUN SSUDA AJRATILADI

O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2025-yildagi 290-sonli Hukumat qarori bilan 2025-yil 15-maydan "Work and travel" xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Ariza beruvchi quyidagi xujjatlarni ilova qiladi:

xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;

viza.    

Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish ma’qullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.

Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MAVSUMIY ISHLAR

personmaftuna 29-06-24, 06:53
0 MAVSUMIY ISHLAR

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir ....

MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI ASOSLARI VA TOPILMA HAQIDA

personmaftuna 28-03-24, 02:02
0 MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI ASOSLARI VA TOPILMA HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga ko`ra, Mulk huquqining vujudga kelish asoslari...

XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINING YANGI TURLARI JORIY

personmaftuna 27-12-24, 16:09
0 XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINING YANGI TURLARI JORIY ETILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1005-son, 27.11.2024-y.) bilan "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonunga...

menu
menu