Kuzatuvchi » Siyosiy » MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI ASOSLARI VA TOPILMA HAQIDA

MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI ASOSLARI VA TOPILMA HAQIDA

         O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga ko`ra, Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa asoslar.

Yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo‘lgan o‘zga ma’lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.

Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish shaxsga topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs noma’lum bo‘lsa yoki uning manzili ma’lum bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart.

Ashyoni topib olgan shaxs uni o‘zida saqlab turishga yoki saqlash uchun ichki ishlar organi, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoxud ular ko‘rsatgan shaxsga topshirishga haqlidir.

Agar yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ushbu ashyoga bo‘lgan o‘z huquqi to‘g‘risida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.

Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga o‘tadi.

            

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ДАВЛАТ РЎЙХАТИДАН ЎТМАСДАН ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛИШ ЖАВОБГАРЛИККА

personmaftuna 30-09-24, 16:08
0 ДАВЛАТ РЎЙХАТИДАН ЎТМАСДАН ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛИШ ЖАВОБГАРЛИККА САБАБ БЎЛАДИ!

МЖтК нинг 176-моддасига кўра, тадбиркорлик фаолиятини давлат рўйхатидан ўтмасдан амалга ошириш — ҳуқуқбузарлик...

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI

personmaftuna 10-12-24, 10:10
0 O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI QONUNIYLASHTIRISH TARTIBI: MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga “amnistiya” e’lon qilishga oid qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi....

XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI IMTIYOZLI KREDITLAR BILAN

personmaftuna 19-05-25, 10:36
0 XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI IMTIYOZLI KREDITLAR BILAN QOʻLLAB-QUVVATLANADI

Prezidentning 07.03.2025-yildagi "Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha...

menu
menu