Kuzatuvchi » Siyosiy » “TOZA QO‘LLAR” DASTURINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

“TOZA QO‘LLAR” DASTURINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

“Sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan "Toza qo‘llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 06.05.2025-yildagi 297-sonli Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, "Toza qo‘llar" dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida:

sanitariya-gigiena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlanadi;

ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiena ob’ektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;

aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv ta’minoti, sanitariya va gigienaning "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI

personmaftuna 29-06-24, 07:10
0 AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 27-03-24, 01:05
0 БИЛАСИЗМИ?

Қонунчиликка кўра, ҳудудий электр тармоқлари корхоналари электр тармоғи хўжалиги объектларининг режали таъмирланиши...

UY-JOY OLISH UCHUN SUBSIDIYAGA ARIZALAR 15-MAYDAN BOSHLAB

personmaftuna 19-05-24, 01:30
0 UY-JOY OLISH UCHUN SUBSIDIYAGA ARIZALAR 15-MAYDAN BOSHLAB QABUL QILINADI

Subsidiya 2 ta yo'nalishda ajratiladi: 1 Yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120...

menu
menu