SUDLANGANLIKNI OLIB TASHLASH UCHUN MUROJAAT QILISH MUMKINMI?
Sudlanganlik holati tugallanishi – shaxsning tegishli jazoni oʻtab boʻlganidan keyin va belgilangan muddatlar oʻtganidan keyin avtomatik tarzda (oʻz-oʻzidan) barham topishini anglatadi.
Sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugaydi:
– shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
shartli hukm – shaxs jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelinganda unga jazoni oʻtamasdan xulqini tuzatishga bir yildan uch yilgacha muddat berish.
– majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;
– jarima toʻlab boʻlingan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin – bir yil oʻtgach (masalan, 100 mln jarima tayinlangan boʻlsa, shu jarima 2024-yil 9-fevralda toʻlab boʻlinsa, 2025-yil 10-fevralda sudlanganlik tugaydi);
ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin – ikki yil oʻtgach;
5-yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 4-yil oʻtgach;
5-yildan ortiq, lekin 10-yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 7-yil oʻtgach;
10-yildan ortiq, lekin 15-yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – oʻn yil oʻtgach.
Sudlanganlik tugaganida shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga koʻra sudlangan shaxsning yashash joyidagi sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud emasligiga oid maʼlumotnoma beriladi.
Sudlanganlikning olib tashlanishi yuqoridagi muddatlarning kamida yarmi oʻtganidan keyin ularning qolgan qismi sud qaroriga asosan tugatilishini anglatadi.
Sudlanganlikni olib tashlash uchun sudlangan shaxsning xulq-atvori yaxshilangan, yaʼni unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilmagan boʻlishi kerak.
Bu holatda tanishingiz sudlanganlikni olib tashlash uchun sudga oʻzi, mahallasi, uning mehnat jamoasi iltimosnoma bilan chiqishi mumkin.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
YO'L OBYEKTLARI ALOHIDA RUXSATNOMA OLINGANDAN SO'NG
personmaftuna 23-07-24, 14:20“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha...
“PROBATSIYA TOʻGʻRISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI
personmaftuna 18-08-24, 03:58Prezident tomonidan 07.08.2024-yildagi “Probatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-938-son Qonun imzolandi. IIV Jamoat х avfsizligi...
OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR
personmaftuna 12-08-24, 23:45Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot...