Kuzatuvchi » Siyosiy » ALIMENT MIQDORI QANDAY HISOBLANADI?

ALIMENT MIQDORI QANDAY HISOBLANADI?

Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalariga nisbatan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa daromadining 1 ta bola uchun - 1/4 qismi, 2 ta bola uchun - 1/3qismi, 3 ta va undan ortiq bolalar uchun - 1/2   qismi miqdorida undirilishi belgilangan.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Endi aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

YURIDIK TAʼLIMDA ISLOHOT: YANGI HUJJAT BILAN NIMALAR

personmaftuna 29-06-24, 07:08
0 YURIDIK TAʼLIMDA ISLOHOT: YANGI HUJJAT BILAN NIMALAR OʻZGARYAPTI?

Hozirgi kunda yuridik fanlarning yutuqlaridan qonun ijodkorligi jarayonida, huquqni qoʻllash amaliyotida, yuridik...

ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУНЛАР БИЛАН ШАРТНОМАЛАР

personmaftuna 27-01-24, 20:24
0 ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУНЛАР БИЛАН ШАРТНОМАЛАР РАТИФИКАЦИЯ ҚИЛИНДИ

Президент томонидан имзоланган қонунлар (ЎРҚ-892, ЎРҚ-893, ЎРҚ-894-сон, 03.01.2024 й.) билан шартномалар ратификация...

TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA

personmaftuna 02-06-24, 03:50
0 TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA MAHSULOTLARI UCHUN EKSPORT NARХLARI NAZORAT QILINADI

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2024 - yildagi “Respublikada toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrote х nika...

menu
menu