NOTARIUS
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi 343-I-son Qonuniga asosan, yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs, notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida notarius bo‘lishi mumkin emas. Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
PREZIDENT QARORI BILAN IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
personmaftuna 22-03-24, 00:26Endilikda vazirlik davlat sanoat siyosatini amalga oshirish va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul...
ХОККЕЙ СПОРТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 15-12-24, 23:21“Хоккей спорт турини ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-334-сон, 23.09.2024...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 27-03-24, 01:05Қонунчиликка кўра, ҳудудий электр тармоқлари корхоналари электр тармоғи хўжалиги объектларининг режали таъмирланиши...