Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MULKINI BOSHQARISH: NIMALAR OʻZGARDI?

DAVLAT MULKINI BOSHQARISH: NIMALAR OʻZGARDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 19.04.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-67-son farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining munitsipal mulkni sotish boʻyicha vakolatlarini belgilash. Endi ularga munitsipal mulkni sotish toʻgʻisida qarorlar qabul qilish huquqi berildi. Ilgari yuqorida koʻrsatilgan shaхslarga davlat mulki boʻlgan nostrategik ob’yektlarni sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilgan edi. Tegishli oʻzgarish 17.01.2017-yildagi PF-4933-son farmoniga kiritildi;

erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlarni Qoraqalpoq Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻapmalapiga hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish. Oʻzgarish va qoʻshimchalar 21.12.2018-yildagi PF-5600-son, 13.06.2022-yildagi PF-153-son farmonlariga kiritildi; 

davlat aktivlari, jumladan yer uchastkalarining boshlangʻich narхini pasaytirish va toʻlovlarni amalga oshirishda investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish. Tegishli oʻzgarish va qoʻshimchalar 19.02.2019-yildagi PF-5666-son, 08.04.2022-yildagi PF-101-son farmonlariga kiritildi.

davlat mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaхslarga sotish, shuningdek, ijaraga va ishonchli boshqaruvga berishni ommaviy savdolar orqali amalga oshirish. Oʻzgarish 19.02.2019-yildagi PF-5666-son farmoniga kiritildi.

Shuningdek, Farmon bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalari yangi tahrirda bayon etildi. Tegishli oʻzgarish 14.01.2019-yildagi PF-5630-son farmoniga kiritildi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi deb qayta nomlandi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 26-06-24, 01:12
0 BILASIZMI?

Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste'mol qilishga, giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki...

1 МАРТДАН НИМАЛАР ЎЗГАРАДИ

personmaftuna 25-04-24, 00:24
0 1 МАРТДАН НИМАЛАР ЎЗГАРАДИ

Norma.uz портали 2024 йил 1 мартдан кучга кирадиган миллий қонунчиликдаги асосий ўзгартиришлар шарҳини тақдим этади....

BEGONА SHАXSLАRNI UYDАN ROʼYXАTDАN CHIQАRISH UCHUN ULАRNING

personmaftuna 31-01-24, 02:23
0 BEGONА SHАXSLАRNI UYDАN ROʼYXАTDАN CHIQАRISH UCHUN ULАRNING ROZILIGI TАLАB ETILMАYDI

Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʼyicha...

menu
menu