Kuzatuvchi » Siyosiy » KONSTITUTSIYA – QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY ASOSI

KONSTITUTSIYA – QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY ASOSI

 

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishi, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlanishi, mamlakatning iqtisodiyotida o‘sish sur’atlariga erishilishi, jahon hamjamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lishi, aholining farovon hayot kechirishida Konstitutsiyaning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Har bir davlat asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyada aholining tarixan tashkil topgan qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topadi. Shu jihatdan hech qaysi bir davlatda boshqa davlatlar bilan aynan o‘xshash bo‘lgan Konstitutsiya uchratib bo‘lmaydi.

Demokratik huquqiy davlatda shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda Konstitutsiyaning o‘rni beqiyos.

Mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanib borayotganligi barchamizga malum, aholimiz soni 2030-yilga borib 40 millionga yetishi taxmin qilinmoqda. Fuqarolarga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim. Shu va shu kabi ko‘pdan-ko‘p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni – O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasini taqozo etdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilishini fuqarolar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy faoliyatida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini yaratish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat qurishdir.

Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi – davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, sudlar tomonidan Konstitutsiya normalarini huquqni qo‘llash amaliyotida bevosita qo‘llagan holda qarorlar qabul qilish, fuqarolarning Konstitutsiya normalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishi va rioya etishini ko‘zda tutadi. Shu bois, Konstitutsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan hujjat bo‘lishi shartligi, davlat organlari va sudlar o‘z faoliyatida Konstitutsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi, uning normalariga asoslanib ish ko‘rishi zarur.

Sudlarda Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 16-sonli qarori qabul qilindi. Plenum qarori tushuntirishlarida sud hujjatlarida huquqiy asos sifatida birinchi navbatda, qoida tariqasida, Konstitutsiyaning tegishli normalariga va undan keyin yuridik kuchiga qarab boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, basharti qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya normalariga zid bo‘lganligi aniqlangan taqdirda esa, faqatgina Konstitutsiyaning tegishli normalari qo‘llanilishi lozimligi qayd etilgan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlat barpo etish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlananadigan manfaatlarini himoya qilish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etish, munosib hayot kechirishlariga erishish, xalq farovonligini ta’minlash, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotida o‘sish sur’atlariga erishish, davlatimiz taraqqiyotini rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishda mustahkam huquqiy zamin yaratdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

УЙ-ЖОЙГА МУХТОЖ ХОТИН-ҚИЗЛАР ИМТИЁЗЛИ ШАРТЛАР АСОСИДА

personmaftuna 30-09-24, 06:04
0 УЙ-ЖОЙГА МУХТОЖ ХОТИН-ҚИЗЛАР ИМТИЁЗЛИ ШАРТЛАР АСОСИДА УЙ-ЖОЙГА ЭГА БЎЛИШЛАРИ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 12.04.2018 йилдаги 285-сон қарорида оғир ижтимоий вазиятга тушиб қолган хотин-қизлар,...

NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA

personmaftuna 11-12-24, 11:00
0 NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QATOR SOLIQ IMTIYOZLARI BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha...

ЭНДИ БЛОГЕРЛАР ҲАМ СОЛИҚҚА ТОРТИЛАДИ

personmaftuna 26-01-24, 06:20
0 ЭНДИ БЛОГЕРЛАР ҲАМ СОЛИҚҚА ТОРТИЛАДИ

Президентнинг 2020 йил 8 июндаги ПҚ-4742-сонли қарори билан "Ўзини ўзи банд қиладиган шахслар" учун фаолият турлари...

menu
menu