Kuzatuvchi » Siyosiy » TEATR VA SIRK ARTISTLARIGA MALAKA TOIFASI BERILADI

TEATR VA SIRK ARTISTLARIGA MALAKA TOIFASI BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024-yildagi “Davlat teatrlari, teatr studiyalari, sirk va konsert-tomosha muassasalarining artist хodimlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-815-son qarori qabul qilindi. 

Hujjat Prezidentning 21.02.2024-yildagi «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirish  Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-37-son farmoniga muvofiq qabul qilindi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • teatr, sirk va konsert-tomosha muassasalarida malaka toifalari bilan lavozimlarni berish tartibi;                       
  • malaka toifalarini berish mezonlari, tartibi va muddatlari;                                  
  • toifani pasaytirish yoki bekor qilish asoslari;                                                            
  • malaka toifalarini berish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi.

 

Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va Badiiy kengash хulosasi asosida muassasa direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.                                

     Malaka berish quyidagi baholash mezonlariga asoslanadi:                   

  • ijodiy qobiliyatlar;                             
  • ish staji;                                                          
  • turli konsertlar va spektakllarda ishtirok etish sifati va soni;                          
  • jamoat ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy yigʻilishlardagi faollik.

 
 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

ISHNI O‘QISH BILAN BIRGA OLIB BORAYOTGAN XODIMLARGA

personmaftuna 13-12-24, 10:17
0 ISHNI O‘QISH BILAN BIRGA OLIB BORAYOTGAN XODIMLARGA KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR BERISH TARTIBI

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi...

YPX XODIMI TO‘XTATGANDA, O‘ZARO SUHBATNI JARAYONINI VIDEO

personmaftuna 30-09-24, 21:52
0 YPX XODIMI TO‘XTATGANDA, O‘ZARO SUHBATNI JARAYONINI VIDEO TASVIRGA OLISH MUMKINMI?

“Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan...

AHOLI ХAVFSIZLIGI UCHUN FARMATSEVTIKA SOHASIDA DORILAR

personmaftuna 21-03-24, 11:30
0 AHOLI ХAVFSIZLIGI UCHUN FARMATSEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI

Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...

menu
menu