Kuzatuvchi » Siyosiy » I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soatu 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO'YICHA FAOLIYATNING

personmaftuna 19-03-24, 01:58
0 JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO'YICHA FAOLIYATNING HUQUQIY ASOSLARI TAKOMILLASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-920-son, 13.03.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo'shimcha...

ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ

personmaftuna 25-08-25, 02:53
0 ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотлари иштирокидаги лойиҳаларни тайёрлаш ва амалга ошириш...

ХОДИМ ИККИ ОЙЛИК ИШ ҲАҚИ САҚЛАНМАЙДИГАН ТАЪТИЛДАН

personmaftuna 29-03-24, 06:18
0 ХОДИМ ИККИ ОЙЛИК ИШ ҲАҚИ САҚЛАНМАЙДИГАН ТАЪТИЛДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ИШГА ЧАҚИШГА ҲАҚЛИМИ?

Иш ҳақи сақланмайдиган таътил бериш масаласи умумий қоида бўйича меҳнат шартномаси томонларининг келишуви билан ҳал...

menu
menu