Kuzatuvchi » Siyosiy » JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO'YICHA FAOLIYATNING HUQUQIY ASOSLARI TAKOMILLASHTIRILADI

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO'YICHA FAOLIYATNING HUQUQIY ASOSLARI TAKOMILLASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-920-son, 13.03.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

 

“Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o'tkazilishi mumkin bo'ldi.

 

“Ma'muriy qamoqni o'tash tartibi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko'rishga va ularni sodir etishga daxldor bo'lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Shu bilan birga “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni o'tashdan bo'yin tovlayotgan yoki bedarak yo'qolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritildi.

 

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

«XALQ TA’LIMI A’LOCHISI» KO‘KRAK NISHONI UCHUN QANDAY

personmaftuna 19-09-24, 00:35
0 «XALQ TA’LIMI A’LOCHISI» KO‘KRAK NISHONI UCHUN QANDAY IMTIYOZ VA PUL MUKOFOTLAR BOR?

Hurmatli fuqaro amaldagi qonunchilikka muvofiq, Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni uchun alohida mukofotlash...

СУБСИДИЯ АСОСИДА ОЛИНГАН УЙ-ЖОЙ КРЕДИТИ УЧУН ЙЎНАЛТИРИЛГАН

personmaftuna 30-01-25, 12:03
0 СУБСИДИЯ АСОСИДА ОЛИНГАН УЙ-ЖОЙ КРЕДИТИ УЧУН ЙЎНАЛТИРИЛГАН МАБЛАҒДАН ДАРОМАД СОЛИҒИ ОЛИНМАЙДИ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ипотека кредитидан фойдаланишда аҳолига қўшимча қулайликлар яратиш...

I ВА II ГУРУҲ НОГИРОНЛИК ПЕНСИЯСИ ТАЙИНЛАНГАНИДАН КЕЙИНГИ

personmaftuna 23-03-24, 21:55
0 I ВА II ГУРУҲ НОГИРОНЛИК ПЕНСИЯСИ ТАЙИНЛАНГАНИДАН КЕЙИНГИ ИШЛАНГАН ВАҚТ ИШ СТАЖИГА ҚЎШИЛАДИ

26.10.2022 йил кунги ЎРҚ 795-сон пенсия тайинлаш тартибини такомиллаштиришга қаратилган Қонун қабул қилинган Ушбу Қонун...

menu
menu