1-KURS TALABALARI HAM AKADEMIK TA’TIL OLSA BO‘LADIMI?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, akademik taʼtil berishda talaba o‘qiyotgan kursga nisbatan cheklov mavjud emas. Bundan oldin amalda bo‘lgan nizomga ko‘ra, birinchi kurs talabalariga akademik taʼtil faqat talabalarning kasalligi tufayligina berilishi mumkin bo‘lgan.
Ushbu tartib 2021/2022 o‘quv yilidan eʼtiboran bekor qilingan.
O‘rnatilgan yangi tartibga muvofiq akademik taʼtil o‘quv yilining har qanday qismida beriladi va o‘qish davomida akademik taʼtil berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilingan.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TELEFON ORQALI ISHDAN BOʻSHASH MUMKINMI?
personmaftuna 28-03-24, 00:32Yoʻq, yoʻl qoʻyilmaydi. Mehnat shartnomasini хodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma...
ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI
personmaftuna 30-01-25, 10:38Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan: “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron...
ENDILIKDA PЕDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI
personmaftuna 21-03-24, 10:11✅ Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini...