Kuzatuvchi » Siyosiy » FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi.

Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;

oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash; 

piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish; 

keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.

Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

BOLANING BOG‘CHAGA KETMA-KET 3 KUNDAN ORTIQ KELMAGANLIGI

personmaftuna 19-05-24, 21:35
0 BOLANING BOG‘CHAGA KETMA-KET 3 KUNDAN ORTIQ KELMAGANLIGI UCHUN TO‘LOV UNDIRILMAYDI

Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING JAMIYATGA MOSLASHUVINI

personmaftuna 08-12-24, 13:04
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING JAMIYATGA MOSLASHUVINI TA’MINLASH UCHUN YORDAMLAR KO‘LAMI KENGAYTIRILADI

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami...

“E-SAYLOV” AXBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?

personmaftuna 24-09-24, 07:04
0 “E-SAYLOV” AXBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" axborot tizimi reglamentini tasdiqlash...

menu
menu