Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING JAMIYATGA MOSLASHUVINI TA’MINLASH UCHUN YORDAMLAR KO‘LAMI KENGAYTIRILADI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING JAMIYATGA MOSLASHUVINI TA’MINLASH UCHUN YORDAMLAR KO‘LAMI KENGAYTIRILADI

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami kengaytiriladi. Bu haqda prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning aksariyati ijtimoiy muhitdan ajralgan holda ta’lim olmoqda. Ularning umumta’lim maktablariga qatnashi uchun to‘siqsiz muhit va zarur sharoit yaratiladi, maxsus pedagog va psixologlar jalb qilinadi.

Jamiyatimizda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari uchramoqda.

Prezident madaniyatimizga xos bo‘lmagan bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishimiz va ayovsiz kurashishimiz shartligini ta’kidladi. Bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘ladi.

Shu bois, yaqinda, bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni  va qadr qimmatiga tajovuz qiladigan, jismoniy va ruhiy azob yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarda davlat tomonidan tegishli huquqiy va ijtimoiy choralar ko‘rilishi qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Prokuratura organlari zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarni yanada kuchaytirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

VASIYATNOMA BO‘LMAGANIDA QONUN BO‘YICHA VORISLIK ASOSIDA

personmaftuna 22-01-24, 19:23
0 VASIYATNOMA BO‘LMAGANIDA QONUN BO‘YICHA VORISLIK ASOSIDA MEROS TAQSIMLANADI

Qonun boʼyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va...

МАЪМУРИЙ СУДЛАРДА ДАВЛАТ БОЖИНИ ОЛДИНДАН УНДИРИШ БЕКОР

personmaftuna 30-09-24, 10:52
0 МАЪМУРИЙ СУДЛАРДА ДАВЛАТ БОЖИНИ ОЛДИНДАН УНДИРИШ БЕКОР ҚИЛИНДИ

Президент томонидан 16.01.2024 йилдаги “Давлат божи тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига маъмурий судларга...

MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH

personmaftuna 11-12-24, 11:40
0 MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH ASOSLARI: MUHIM 6 SAVOLGA JAVOB

Sud tegishli huquqbuzarlik uchun belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki o‘sha huquqbuzarlik uchun...

menu
menu