Kuzatuvchi » Siyosiy » “E-SAYLOV” AXBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?

“E-SAYLOV” AXBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" axborot tizimi reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi qarori qabul qilindi (19.07.2024-y. АVdagi roʼyxat raqami 1352.).

"E-saylov" tizimidan foydalanuvchilar quyidagilardir:

• Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari;

• siyosiy partiyalar;

• Joʼqorgʼi Kenes, xalq deputatlari Kengashlari;

• Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari;

• Tashqi ishlar vazirligi;

• xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar;

• ommaviy axborot vositalari;

• fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari;

• deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari;

Tizimdagi soʼrovlar (arizalar, taqdimnomalar, tavsiyalar) tasdiqlangan shakllardan birini toʼldirish orqali amalga oshiriladi (shakllar bilan bu yerda tanishish mumkin).

Deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari shaxsiy kabinetga SMS-kod kiritish orqali kirishi mumkin. Qolgan barcha foydalanuvchilar ERI kalitiga ega boʼlishi kerak.

Kelib tushgan soʼrovlar tegishli saylov komissiyalari tomonidan koʼrib chiqiladi va ular boʼyicha qabul qilingan qarorlar avtomatik ravishda tizim orqali foydalanuvchiga yuboriladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER

personmaftuna 23-01-24, 00:37
0 2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ELEKTRON AUKSION ORQALI 30 YILGA IJARAGA BERILADI

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov...

ЖОНЛИ ИЖРО САНЪАТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:46
0 ЖОНЛИ ИЖРО САНЪАТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1046-сон, 11.03.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонунга кўра,...

SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI

personmaftuna 15-12-24, 23:23
0 SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Shaxsni ushlash...

menu
menu