BOLANING BOG‘CHAGA KETMA-KET 3 KUNDAN ORTIQ KELMAGANLIGI UCHUN TO‘LOV UNDIRILMAYDI
Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi to'lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:
- bolaning yoki oila a'zolarining kasalligi sababli;
- karantin holatida bo'lganligi tufayli;
- ota-onalardan birining ishdan (o'qishdan) bo'sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko'ra.
Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to'lov miqdoriga ko'paytirilib, keyingi to'lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.
Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to'lov hali amalga oshirilmagan bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan to'lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to'lov summasiga kamaytiriladi.
Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog'chaga qatnashi butunlay to'xtatilgan taqdirda, to'lov to'liq bo'lmagan oy uchun, ya'ni bola amalda bog'chaga qatnagan kunlar uchun to'lanadi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЗЎРАВОНЛИККА УЧРАГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРИЛАДИ
personmaftuna 30-09-24, 10:51Вазирлар Маҳкамасининг 25.06.2024 йилдаги “Тазйиқ ва зўравонликка учраган хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган...
XAVFLI YUKLAR TRANZITI UCHUN RUХSATNOMA ELEKTRON SHAKLDA
personmaftuna 17-08-24, 02:26Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali ma х sus yuklar va harbiy...
IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN
personmaftuna 28-06-24, 23:55O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi...