Kuzatuvchi » Siyosiy » RAQAMLI KRIMINALISTIKA SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI

RAQAMLI KRIMINALISTIKA SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI

Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etildi.

          O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyun kuni “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 229-sonli  qarori qabul qilindi.

          Qarorga ko'ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

  • raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”), sun'iy intellekt va boshqa ilg'or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo'yish, saqlash va tadqiq qilish bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;
  • raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

          Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

               2024-yil 1-avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo'yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o'tkazish huquqi berildi.

          Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o'tkazilishini yo'lga qo'yildi.

          “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha to'liq versiyasi joriy etildi.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

Boshqa maqolalar

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM

personmaftuna 17-08-24, 02:38
0 I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM IMTIYOZLARI

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga...

BILASIZMI?

personmaftuna 19-09-24, 00:41
0 BILASIZMI?

Tashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shu sabab bilan ishdan bo‘shatish...

AYRIM SHIFOKORLARNING OYLIK LAVOZIM MAOSHLARI 20 FOIZGA

personmaftuna 07-06-25, 20:30
0 AYRIM SHIFOKORLARNING OYLIK LAVOZIM MAOSHLARI 20 FOIZGA OSHIRILADI

Farmonga ko'ra, (PF-88-son, 19.05.2025-y.) tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami...

menu
menu