Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

Tashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shu sabab bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas!

 

Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi holatlarda hodimni ishdan bo‘shatishi mumkin emas:

 

Qonunchilikda belgilanmagan asoslar bilan;

 

kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (Bu nimaligi haqida keyinroq gaplashamiz);

 

xodim “bolnichniy”da bo‘lganda (ya’ni, kasal bo‘lganda) va ta’tillarga chiqqanida;

 

xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;

 

 xodim xizmat safarida bo‘lganda;

 

homilador ayollar homiladorlik davrida. 

 

Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo‘shatish mumkin. Shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo‘shatish mumkin emas.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QANDAY MA’LUMOTLAR DAVLAT SIRLARI DEB HISOBLANISHI HAQIDA

personmaftuna 22-03-25, 11:27
0 QANDAY MA’LUMOTLAR DAVLAT SIRLARI DEB HISOBLANISHI  HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Barvaqt tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, tashqi siyosat...

BOBO VA BUVINING O‘Z NEVARALARIGA ALIMENT (TA’MINOT) BERISh

personmaftuna 29-06-24, 08:12
0 BOBO VA BUVINING O‘Z NEVARALARIGA ALIMENT (TA’MINOT) BERISh MAJBURIYaTI BORLIGINI BILASIZMI ?

Oila kodeksining 123-moddasi bobo va buvining o‘z nevaralariga ta’minot berish majburiyati deb nomlanib, Unga ko‘ra: ➖...

ИШДАН БЎШАШНИНГ УМУМИЙ АСОСЛАРИ

personmaftuna 30-05-24, 13:02
0 ИШДАН БЎШАШНИНГ УМУМИЙ АСОСЛАРИ

Янги Меҳнат кодексида меҳнат шартномасини бекор қилиш, яъни ишдан бўшатишнинг бир қатор асослари санаб ўтилган. Улар...

menu
menu