Kuzatuvchi » Siyosiy » I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM IMTIYOZLARI

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM IMTIYOZLARI

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi

Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

  • «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari, etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri», «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
  • bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
  • xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
  • «Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
  • oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
  • talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar;

 

                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

                                                                                                                    

Boshqa maqolalar

ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?

personmaftuna 08-12-24, 13:11
0 ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?

Mehnat munosabatlariga kirishayotgan har bir shaxs mehnatga doir qonunchilik bilan yuzlashadi. Mazkur munosabatlarning...

SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI

personmaftuna 12-08-24, 23:04
0 SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...

QISHLOQ ХOʻJALIGI VAZIRLIGI YERLARDAN OQILONA FOYDALANISHNI

personmaftuna 12-02-25, 01:13
0 QISHLOQ ХOʻJALIGI VAZIRLIGI YERLARDAN OQILONA FOYDALANISHNI MONITORING QILADI

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi VMQ-914-son qarori bilan Qishloq х oʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona...

menu
menu