Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT XIZMATLARINI KO'RSATISHDA SHAXSNI BIOMETRIK IDENTIFIKASIYA QILISH (FACE-ID)

DAVLAT XIZMATLARINI KO'RSATISHDA SHAXSNI BIOMETRIK IDENTIFIKASIYA QILISH (FACE-ID)

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikasiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi

          Qonunchilikka muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida:

          Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikasiya qilish ularning xohishiga ko'ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

          avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan (davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo'lgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan ko'chirma berish bepul amalga oshiriladi; 

         noturar joylarni boshqa shaxsga o'tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o'zida davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi. 

          Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi

          Prezident Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma'lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan     (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.

       Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikatsiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaydi.

          Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo'lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.

       Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish  rejalashtirilgan.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

personmaftuna 14-05-24, 02:53
0 DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-son li Qarori bilan Eksportga moʻljallangan va...

МИЛЛИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 15-12-24, 18:24
0 МИЛЛИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси миллий инвестиция жамғармасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-303-сон,...

MOL-MULKNI UCHINCHI SHАXSLАRGА OʼTKАZISHGА OʼRNАTILGАN

personmaftuna 31-01-24, 02:29
0 MOL-MULKNI UCHINCHI SHАXSLАRGА OʼTKАZISHGА OʼRNАTILGАN TАQIQ QАNDАY YECHILАDI

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023-yildagi “Mol-mulkni boshqa shaxsga oʼtkazish uchun qoʼyilgan taqiqlarni (xatlovlarni)...

menu
menu