Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINING MIQDORINI BELGILASH TARTIBI:

ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINING MIQDORINI BELGILASH TARTIBI:

Ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum bo‘lishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bir yo‘la beriladigan pulli to‘lovdir.

          Mehnat shartnomasi bekor qilinganda quyidagi hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:

          Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va u:

          Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida xodimlarga ish beruvchining mablag‘lari hisobidan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash chog‘ida qo‘shimcha kafolatlar (ushbu moddaning uchinchi qismida mustahkamlanganlariga nisbatan ishdan bo‘shatish nafaqasining oshirilgan miqdorlari, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan ish stajiga xodimlarning muayyan tarmoqdagi yoki muayyan kasbga doir mehnat faoliyati davrlarini kiritish, ushbu tashkilotga ish beruvchining taklifi bilan ishga kirgan xodimlarning ko‘rsatilgan stajida xodim ilgari mehnat qilgan tashkilotda ishlagan vaqtni hisobga olish), belgilanishi mumkin.

       Xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lgan asoslarga ko‘ra xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoxud ish beruvchining, yuridik shaxs vakolatli organlarining, tashkilot mulkdorining yoki mulkdorlar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning qarorlarida xodimlarga ishdan bo‘shatish nafaqalarini, kompensatsiyalarni to‘lash va (yoki) ularga har qanday shaklda biror-bir boshqa to‘lovlarni tayinlash nazarda tutilishi mumkin emas.          

          Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u:

  • §  3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
  • §  3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
  • §  5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
  • §  10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
  • §  15 yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.

 

            K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA

personmaftuna 28-06-24, 22:53
0 O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA BILASIZMI ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 225-moddasiga asosan. O‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati...

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN

personmaftuna 04-06-24, 14:15
0 AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...

ХАЛҚ ХОКИМИЯТНИНГ ЯГОНА МАНБАИДИР

personmaftuna 14-02-25, 00:18
0 ХАЛҚ ХОКИМИЯТНИНГ ЯГОНА МАНБАИДИР

Конституциямизнинг 7-моддасида “Халқ давлат хокимиятининг бирдан-бир манбаидир. Ўзбекистон Республикасида давлат...

menu
menu