YURIDIK YORDAM KO‘RSATUVCHI ADVOKATNI «YURIDIK YORDAM» AXBOROT TIZIMI ORQALI TANLASH TARTIBI
Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi «Yuridik yordam» axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin «Yuridik yordam» axborot tizimi davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlardan birini avtomatik ravishda tanlaydi.
«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali advokatni tanlashda uning ixtisoslashuvi, advokat qaysi hudud doirasida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha hudud va ish yuritish tili inobatga olinadi.
«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda o‘zining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat qonunchilikda belgilangan muddatlarda va tartibda yuridik yordam ko‘rsatishga kirishishi shart.
«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan advokat haqidagi axborot davlat hisobidan yuridik yordam olish to‘g‘risida ariza bergan jismoniy shaxsga yoki davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqida so‘rov yuborgan vakolatli organga (mansabdor shaxsga) jo‘natiladi.
Agar «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan advokat ishda ishtirok etishni rad etadigan bo‘lsa, u rad etish asoslarini darhol «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritishi kerak.
«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali advokatni tanlash jarayoni «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan advokatlardan biri o‘zining ishda ishtirok etishini tasdiqlanmaguniga qadar davom etadi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
LITSENZIYA VA RUХSAT BERISH JARAYONLARI SODDALASHTIRILDI
personmaftuna 12-08-24, 22:54Vazirlar Mahkamasining 13.07.2024-yildagi 418-son qarori bilan litsenziya va ruхsat berish jarayonlarini...
KOLLEJLAR TOʻLIQ TUGATILIB, YAGONA TEXNIKUMLAR TARMOGʻI
personmaftuna 08-02-25, 00:59Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi Farmonga koʻra, kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi...
ZARGARLIK UCHUN QIMMATBAHO TOSHLARNI OLIB KIRISH SOLIQDAN
personmaftuna 27-06-24, 23:46Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va...