Kuzatuvchi » Siyosiy » MOL-MULKNI UCHINCHI SHАXSLАRGА OʼTKАZISHGА OʼRNАTILGАN TАQIQ QАNDАY YECHILАDI

MOL-MULKNI UCHINCHI SHАXSLАRGА OʼTKАZISHGА OʼRNАTILGАN TАQIQ QАNDАY YECHILАDI

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023-yildagi “Mol-mulkni boshqa shaxsga oʼtkazish uchun qoʼyilgan taqiqlarni (xatlovlarni) bekor qilish jarayonlarining soddalashtirilishi munosabati bilan Boshqa shaxsga oʼtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʼyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartirishlar va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisida”gi 626-son qarori qabul qilindi. 

Notarius notarial arxiv saqlovida boʼlgan hujjatlar bilan bogʼliq taqiqni (xatlovni) bekor qilishi mumkin.

Notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomasi boʼyicha majburiyatlar toʼliq bajarilgan taqdirda mol-mulkni boshqa shaxsga oʼtkazishga taqiq bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlar:

•          2019-yil 1-yanvarga qadar qoʼyilgan boʼlsa – notarius yoki tegishli notarial arxiv mudiri tomonidan;

•          2019-yil 1-yanvar va undan keyin qoʼyilgan boʼlsa – tegishli bank yoki kredit tashkiloti tomonidan elektron maʼlumotlar bankiga kiritiladi.

Bank va kredit tashkilotlarining taqiqni bekor qilish haqidagi xabarnomasi elektron maʼlumotlar bankiga elektron shaklda yuborilishi mumkin. Bunda xabarnomada:

•          mol-mulkni boshqa shaxsga oʼtkazishga taqiq qoʼyilishiga asos boʼlgan notarial tasdiqlangan bitimning reestr raqami va sanasi;

•          taqiq bekor qilinishi lozim boʼlgan mol-mulk haqidagi maʼlumotlar (identifikator);

•          bank yoki boshka kredit tashkilotining STIRi koʼrsatilishi zarur.

Mol-mulkni boshqa shaxsga oʼtkazishni taqiqlab yoki xatlab qoʼyish, shuningdek, uni bekor qilishda toʼlov undirilmaydi, notarius tomonidan taqiq (xatlov) bekor qilinadigan hollar bundan mustasno.

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ЭНДИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИ МУАММОЛАРИ ОНЛАЙН ПЛАТФОРМА ОРҚАЛИ

personmaftuna 30-09-24, 16:58
0 ЭНДИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИ МУАММОЛАРИ ОНЛАЙН ПЛАТФОРМА ОРҚАЛИ ЎРГАНИЛАДИ

Ҳукуматнинг 09.09.2024 йил кунги 557-сон “Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш механизмларини янада такомиллаштириш,...

ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН МАКТАБЛАР ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛМОҚДА

personmaftuna 28-05-24, 02:28
0 ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН МАКТАБЛАР ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛМОҚДА

Президент 01.04.2024 йилда ПФ-55 сонли “Ихтисослаштирилган мактаблар тармоғини кенгайтириш ва уларнинг фаолиятини янада...

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR SODIR ETISH MAQSADIDA O‘QUVDAN

personmaftuna 28-04-25, 11:52
0 OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR SODIR ETISH MAQSADIDA O‘QUVDAN O‘TGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Qonun bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda...

menu
menu