AYRIM SHIFOKORLARNING OYLIK LAVOZIM MAOSHLARI 20 FOIZGA OSHIRILADI
Farmonga ko'ra, (PF-88-son, 19.05.2025-y.) tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qo'shimcha ustamalar to'lanadi:
-sayyor tibbiy xizmat ko'rsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;
-tibbiyot brigadasiga belgilangan me'yorlardan 10 foiz ortiqcha qo'shimcha biriktirilgan aholining har biri uchun mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – shaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;
-oila salomatligi bo'yicha maxsus o'quv dasturi asosida tashkil etiladigan kurslarning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o'rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida oshiriladi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЗАРГАРЛИК БУЮМЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 15-12-24, 17:58“Заргарлик буюмларини ишлаб чиқариш соҳасини янада ривожлантириш ва уларнинг рақобатбардошлигини таъминлаш...
ЯНГИ ҚОНУН
personmaftuna 30-09-24, 15:58➖ ИЖРО ИШИНИ ЮРИТИШ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ 28.08.2024 йил кунги ЎРҚ-947-сон Қонун Президент томонидан имзоланди ва...
BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH
personmaftuna 08-08-25, 02:11Mehnat kodeksining 328-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish...