BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH MUDDATLARI
Mehnat kodeksining 328-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish beruvchi tomonidan quyidagicha qoplanadi:
-voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to‘lguniga qadar;
-18 yoshdan oshgan o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar;
-55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
-nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
-marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar 14 yoshga to‘lguniga qadar.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YURIDIK SHAХSLAR ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KORPORATIV
personmaftuna 19-05-25, 10:25Markaziy bank boshqaruvining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi...
МИГРАЦИЯ АГЕНТЛИГИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
personmaftuna 14-12-24, 15:57“Миграция жараёнларини бошқариш тизимини ислоҳ қилиш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...
КОРХОНА ВА ТАШКИЛОТЛАР УЧУН ПЕНСИЯ ЖАМҒАРМАСИ ТОМОНИДАН
personmaftuna 03-08-24, 03:22Бугунги кунга қадар корхона ва ташкилотлар имтиёзли шаклда тайинланган пенсияларни ( https :// lex . uz / docs...