Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:

shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;

agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi oilaning boshqa a’zolarini fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

INTIZOMIY JAZO CHORALARINI QO‘LLASH TARTIBI

personmaftuna 14-06-24, 16:16
0 INTIZOMIY JAZO CHORALARINI QO‘LLASH TARTIBI

Intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar tomonidan qo‘llaniladi. Mehnat Kodeksiga muvofiq,...

KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 05-03-24, 23:30
0 KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

📃 Prezident tomonidan imzolangan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning...

FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILDI

personmaftuna 04-05-24, 09:52
0 FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILDI

Mamlakatimizda keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan...

menu
menu