Kuzatuvchi » Siyosiy » INTIZOMIY JAZO CHORALARINI QO‘LLASH TARTIBI

INTIZOMIY JAZO CHORALARINI QO‘LLASH TARTIBI

Intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar tomonidan qo‘llaniladi. Mehnat Kodeksiga muvofiq, Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar yozma tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, talab qilishi shart. Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi belgilangan.

Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini qo‘llashda sodir etilgan qilmishning og‘ir-engilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Xodimga intizomiy jazo chorasini qo‘llash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida, xodim ishda bo‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.

O‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi bo‘lmagan deb hisoblanadi. Xodimning o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MOL-MULKNING HAQIQIY QIYMATINI ANIQLASHDA YAGONA YONDASHUV

personmaftuna 30-09-24, 11:19
0 MOL-MULKNING HAQIQIY QIYMATINI ANIQLASHDA YAGONA YONDASHUV JORIY ETILADI

Mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun...

QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?

personmaftuna 11-12-24, 11:06
0 QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: - madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan...

“ЯШИЛ ЭНЕРГИЯ” СЕРТИФИКАТЛАРИ САВДОСИДАН ТУШГАН

personmaftuna 12-03-24, 02:18
0 “ЯШИЛ ЭНЕРГИЯ” СЕРТИФИКАТЛАРИ САВДОСИДАН ТУШГАН ДАРОМАДЛАРДАН ФОЙДА СОЛИҒИ ОЛИНМАЙДИ

Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-906-сон, 07.02.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва...

menu
menu