FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILDI
Mamlakatimizda keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, pensiya tayinlash tartib-taomillari soddalashtirilmoqda va raqamlashtirilmoqda, ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilmoqda, pensiya ta’minoti tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilanmoqda, shuningdek keksalarni va imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni ijtimoiy adolat prinsiplaridan kelib chiqqan holda yanada kuchaytirish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martda qabul qilingan O‘RQ-922-son Qonuni bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddatini o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha uzaytirish, shuningdek fuqarolarning pensiya tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi, pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi belgilandi.
Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqaroda davlat pensiya ta’minoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ma’lumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Ushbu Qonun Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy davlat prinsipini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, pensionerlarning moddiy farovonligini yanada yuksaltirishga, fuqarolarning elektron davlat xizmatlarini mustaqil ravishda olish imkoniyatlarini kengaytirishga, pensiya miqdorini qayta hisob-kitob qilishda inflatsiya darajasini hisobga olish tizimini joriy etishga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijara munosabatlariga oid huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
L.XUDAYAROVA,
Tuproqqal’a tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:09Barcha guruh iste'molchilari ichimlik suvi ta'minoti va suv chiqarish xizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud...
OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAХSLAR: HOZIRGI HOLAT VA
personmaftuna 20-02-25, 11:322020-2023 yillarda Oʻzbekistonda 2,5 million nafardan ortiq fuqaro (ulardan 1,1 million nafari ayollar) oʻzini oʻzi...
PAХTANI BIRJA ORQALI SOTISHNING YANGI MEХANIZMI JORIY
personmaftuna 15-02-25, 00:59Prezident pa х ta х omashyosini yetishtirish va sotishda bozor me х anizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish...