O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT (NOTARIUSLAR)
Notariat (lotincha: notarius — mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan huquqlar va faktlarni tasdiqlash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni bajaruvchi organlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idoralar Notariat tizimini tashkil etadi, ular boʻlmagan aholi yashaydigan joylarda baʼzi notarial harakatlar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollar) tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralar yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquqlari toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassasalaridan farqlanadi. Bu idoralar fuqarolar bilan bevosita uchrashish yoʻli bilan yoki qonunda koʻrsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquqlarni va yuridik faktlarni tasdiqlaydi va shu kabi amallarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.
Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalariga muvofiq olib boradi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin.
- Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan;
- oliy yuridik ma’lumotga;
- yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega;
- notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan;
- malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas.
- muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
- notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QIMMATLI QOGʻOZLARNING BIRJADAN TASHQARI BOZORIDA BITIMLAR
personmaftuna 14-02-25, 23:56Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (27.12.2024-y. AV roʻy х at raqami 3596-son ) bilan...
PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR
personmaftuna 10-12-24, 11:30Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish...
MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATI TUGASA, UNI QAYTA TUZISH
personmaftuna 29-09-24, 15:06Mehnat shartnomasi quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin: – nomuayyan muddatga; – uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan...