MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATI TUGASA, UNI QAYTA TUZISH KERAKMI?
Mehnat shartnomasi quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin:
– nomuayyan muddatga;
– uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi).
Mehnat kodeksi quyidagi shartlarda mehnat shartnomasi muddatini uzaytirishga ruxsat beradi:
xodim va ish beruvchi bu borada o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Xodim ish beruvchidan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirishni talab qilishga haqli emas. Homilador xodimalar bundan mustasno. Ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi ayolning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar uzaytirishi shart. Unga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan taqdirda esa bunday ta’tilning oxiriga qadar. Bunda xodima ish beruvchining so‘roviga binoan, lekin uch oyda ko‘pi bilan bir marta homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Agar bunda ayol homiladorlik tugaganidan keyin haqiqatda ishlashni davom ettirsa, ish beruvchi homiladorlikning tugaganligi faktini bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir hafta ichida mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi sababli bekor qilishga haqli.
Shuningdek, o‘z navbatida ish beruvchi xodimning mehnat shartnomasining amal qilish muddatini bir taraflama uzaytirish huquqiga ega emas. Masalan, agar xodim unga ishonib topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklarni, qarzi yo‘qlik varaqasi va hokazolarni topshirmagan bo‘lsa;
agar qonunchilikda boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, muddatli mehnat shartnomasining muddati jami besh yildan oshmaydi.
Agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati u uzaytirilishidan oldin va keyin besh yildan oshgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
muddatli mehnat shartnomasini tuzishga sabab bo‘lgan holatlar yo‘qolmadi.
Masalan, ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun bir yilga mehnat shartnomasi tuzilgan. Ushbu muddat tugagandan keyin ish to‘liq yakunlanmadi va yanada samarali natija olinmaguncha ularni davom ettirishga qaror qilindi.
Shunday qilib, MK uzaytirishlar sonini cheklamaydi, ammo u uzaytirilganda mehnat shartnomasining umumiy muddatini cheklaydi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЎЗДЖТУ ҚОШИДА ПЕДАГОГЛАРНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ
personmaftuna 18-09-24, 21:21Вазирлар Маҳкамасининг 11.07.2024 йилдаги "Олий таълим ташкилотлари раҳбарлари ва педагогларини қайта тайёрлаш ва...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 03-08-24, 03:20Олий таълим муассасасида ўқийман ва шу билан бирга бошқа ташкилотда ишлайман. Олий таълим муассасасида ўқиган даврим...
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MAJBURIYATLARI
personmaftuna 26-03-24, 02:19Soliq to‘lovchilar: belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va...